O‘zbekiston

O‘zbekiston fuqarosi Yekaterinburgdan vataniga qaytarildi

O‘zbekiston fuqarosi Yekaterinburgdan vataniga qaytarildi
O‘zbekiston fuqarosi Yekaterinburgdan vataniga qaytarildi / Foto: O‘zbekiston TIV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bir necha oy davomida Yekaterinburg shahrida yashash joyi va mablag‘siz qolgan O‘zbekiston fuqarosi Migratsiya agentligi ko‘magida vataniga qaytarildi. Bu haqda Agentlik xabar berdi.

Vaziyat haqida maʼlumot kelib tushgach, Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimlari erkakni qidirib topdi va unga zarur yordam ko‘rsatdi.

Bosh konsulxona bilan hamkorlikda O‘zbekistonga qaytish uchun zarur hujjat rasmiylashtirildi va aviachipta xarid qilindi.

10 sentyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Agentlik xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni o‘z vaqtida yordam so‘rab murojaat qilishga chaqirdi. Migratsiya agentligi bilan 1282 qisqa raqami orqali sutka davomida bog‘lanish mumkin.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.