Iqtisod

O‘zbekiston va Turkiya investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Turkiya investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Turkiya investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi  / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Berris Ekinji bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, shuningdek, qo‘shma investitsiyaviy va sanoat loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qildi.

Transport va mintaqalararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston — Turkiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat vakillari har tomonlama strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.