O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

UzAuto Motors Chevrolet Equinox PHEV sotuvini boshladi

Dilafro'z Niyazova · 10.09.2026 · 13:30 · 32 views
UzAuto Motors Chevrolet Equinox PHEV sotuvini boshladi
UzAuto Motors Chevrolet Equinox PHEV sotuvini boshladi / Foto: UzAuto Motors.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Equinox PHEV gibrid krossoverini sotishni boshlaganini maʼlum qildi. Kompaniya ushbu modelni mahalliy bozorda taqdim etilgan birinchi Chevrolet plagi-in gibridi sifatida atagan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomobil ikki xil komplektatsiyada — Activ 80KM va Activ 120KM versiyalarida mavjud.

Chevrolet Equinox PHEV Plug-in Hybrid Electric Vehicle (PHEV) tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, akkumulyatorni tashqi elektr tarmog‘idan quvvatlash imkonini beradi. Bu kundalik safarlarni asosan elektr quvvatida amalga oshirish imkonini bersa, benzin dvigateli uzoq masofali safarlarda qo‘shimcha yurish zaxirasini taʼminlaydi.

Komplektatsiyaga qarab, krossover sig‘imi 17 yoki 24 kVt·soat bo‘lgan litiy-temir-fosfat akkumulyator batareyasi bilan jihozlanadi. Activ 80KM versiyasi elektr quvvatida 80 kilometrgacha, Activ 120KM esa 120 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi. Akkumulyator to‘liq quvvatlangan va yoqilg‘i baki to‘ldirilgan holatda avtomobilning umumiy yurish zaxirasi 1 000 kilometrdan oshadi.

Gibrid kuch qurilmasi 1,5 litrli benzinli turbo dvigatel, 188 ot kuchiga ega elektr motor va ikki bosqichli DHT transmissiyasidan iborat. Kompaniya maʼlum qilishicha, bunday uyg‘unlik yoqilg‘i tejamkorligi, tezkor tezlanish va ravon harakatlanishni taʼminlaydi.

Xavfsizlik va haydovchiga yordam berish tizimlari tarkibiga adaptiv kruiz-nazorat, avtomatik favqulodda tormozlash, harakatlanish polosasida ushlab turish tizimi, ko‘rinmaydigan zonalar monitoringi, 360 darajali aylana ko‘rish kamerasi, oltita xavfsizlik yostiqchasi hamda yo‘l belgilarianiqlash tizimi kiradi. Shuningdek, haydovchining diqqatini oshirish va yo‘lovchilarni himoya qilishga qaratilgan qo‘shimcha texnologiyalar ham ko‘zda tutilgan.

Salonda 11 dyuymli raqamli priborlar paneli va multimedia tizimining 11 dyuymli sensor ekrani o‘rnatilgan. Jihozlar qatorida Apple CarPlay, simsiz quvvatlash qurilmasi, panoramali lyuk, shuningdek, old o‘rindiqlarni isitish va shamollatish funksiyalari ham mavjud.

Chevrolet Equinox PHEV Activ 80KM versiyasining tavsiya etilgan chakana narxi 463,5 million so‘mni tashkil etadi. Activ 120KM versiyasi esa 478,5 million so‘mdan taklif etilmoqda.