Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Özbekiston Prezidentining taşrifi va Turkiy davlatlar taşkilotining (TDT) 13-sammiti doirasida Anqarada bölib ötgan TDTning oila va ayollar masalalari böyiça kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi.
Kengaş sammit doirasida turkiy mamlakatlarning oila institutini mustahkamlaş, ayollar huquqlarini himoya qiliş va ularning imkoniyatlarini kengaytiriş borasidagi hamkorligini rivojlantiriş maqsadida ta’sis etilgan.
Davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalari iştirokidagi Oliy faxriy kengaş yiğilişi «Birdamlikdan institutsional hamkorlik sari: turkiy dunyoda oila va ayollar» şiori ostida ötdi.
Uçraşuvda sözga çiqqan Ziroat Mirziyoyeva qizlarning zamonaviy ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan taşabbuslarni taqdim etdi.
«Ayolning bilimi va mehnati qadrlansa, oilada özaro hurmat va totuvlik hukm sursa, butun jamiyat yana-da mustahkam böladi», — dedi u.
Bundan taşqari, Özbekiston Birinçi xonimi onalik va bolalikni muhofaza qiliş, inklyuziv ta’limni rivojlantiriş hamda ehtiyojmand oilalarga yordam körsatiş böyiça çora-tadbirlarni taklif qildi. Şuningdek, bolalar va ösmirlar uçun xavfsiz internet muhitini şakllantiriş zarurligiga alohida töxtaldi.
Nutqi yakunida Ziroat Mirziyoyeva uçraşuvni taşkil etgan Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga minnatdorlik bildirdi.
U yiğiliş yakunlari böyiça qabul qilingan qarorlar oilalar farovonligini mustahkamlaş, ayollar imkoniyatlarini kengaytiriş va bolalarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga xizmat qilişiga umid bildirdi.