Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 19–21-oktabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Doha şahrida bölib ötgan 8-Jahon xavfsizlik forumida (Global Security Forum 2026) iştirok etdi. Forum xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari va global hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlandi.
Forum doirasida E. Aripov Qatar davlat tuzilmalari vakillari va tahliliy markazlar rahbarlari bilan bir qator uçraşuvlar ötkazdi. Uçraşuvlarda ekspertlik aloqalarini kengaytiriş, Özbekiston taşabbuslarini ilgari suriş hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, Doha forumi boş menejeri Maha Al-Kuvari bilan bölib ötgan muzokaralarda Özbekistonning uşbu xalqaro platforma faoliyatidagi iştirokini yanada faollaştiriş istiqbollari muhokama qilindi.
M. Al-Kuvari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan Özbekiston yondaşuvlarini keng taqdim etişdan manfaatdor ekanini bildirdi. Tomonlar uşbu yönalişda faol hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldilar.
Doha forumi xalqaro tendensiyalar, diplomatik taşabbuslar va barqaror rivojlaniş strategiyalarini muhokama qilişga qaratilgan yetakçi global platformadir. 2002-yilda taşkil etilganidan buyon forum jahon yetakçilari, xalqaro taşkilotlar vakillari, tahliliy markazlar va akademik hamjamiyat vakillarini birlaştiruvçi muloqot maydoniga aylandi.
2025-yilda Doha forumi doirasida SMTI va Jorjtaun universiteti hamkorligida Termiz muloqotiga bağişlangan alohida sessiya taşkil etildi. Özbekiston taşabbusi bilan ilgari surilgan uşbu muloqot Afğonistonni faol jalb etiş orqali Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida özaro boğliqlikning yangi arxitekturasini şakllantirişga qaratilgan.
Uçraşuvlarning muhim yönalişlaridan biri SMTI va Qatar ilmiy-tadqiqot tuzilmalari örtasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantiriş böldi. Mazkur hamkorlik Özbekiston–Qatar strategik şerikligini mustahkamlaşga xizmat qiladigan muştarak tahliliy yondaşuvlar va amaliy takliflarni işlab çiqişga qaratilgan.
Jumladan, Global strategik tadqiqotlar instituti ijroçi direktori Muhammad Ali Çihi bilan uçraşuvda ikki institut örtasida hamkorlik memorandumini imzolaş böyiça kelişuvga erişildi. Hujjatni imzolaş kelgusi Doha forumi doirasida rejalaştirilgan.
Hamad bin Xalifa universiteti huzuridagi Global strategik tadqiqotlar instituti (Qatar Ta’lim jamğarmasi) xalqaro va mintaqaviy muammolarni örganiş hamda strategik tavsiyalar işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi fanlararo tahliliy markaz hisoblanadi. Uning faoliyatidagi ustuvor yönalişlar qatoriga nizolarni tartibga soliş, energetika va iqlim masalalari, sun’iy intellekt, Afğonistonga oid masalalar hamda transport-logistika sohasidagi özaro boğliqlikni rivojlantiriş kiradi.
Öz navbatida, Nizolar va gumanitar tadqiqotlar markazi direktori Ghassan al-Kahlut bilan bölib ötgan suhbatda SMTI bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş imkoniyatlari körib çiqildi. Qatar tomoni özaro manfaatli masalalar böyiça ekspertlar hamkorligini yölga qöyişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Nizolar va gumanitar tadqiqotlar markazi 2016-yilda mintaqadagi eng yirik tahliliy muassasalardan biri bölgan Arab siyosatini tadqiq etiş va örganiş markazi tarkibida taşkil etilgan. U tinçlikni mustahkamlaş, nizolarni tartibga soliş va gumanitar yordam körsatiş masalalariga ixtisoslaşgan. Markaz faoliyatining asosiy yönalişlari dinlararo muloqot, Afğonistonga oid masalalar va mintaqaviy xavfsizlik, nizolardan keyingi tiklaniş, şuningdek, mediatsiya va gumanitar huquq sohalarida mutaxassislar tayyorlaşni öz içiga oladi.
Umuman olganda, bölib ötgan uçraşuvlar SMTIning Qatarlik hamkorlari bilan aloqalarini mustahkamlaş, institutsional hamkorlikni rivojlantiriş böyiça aniq kelişuvlarga erişiş hamda ekspertlar hamkorligining istiqbolli yönalişlarini belgilaş imkonini berdi. Bu esa Özbekiston taşabbuslarini xalqaro muloqot maydonlarida ilgari suriş va Özbekiston–Qatar strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.