Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston sportçilari 22 oktyabr kuni Yaponiyada ötkazilayotgan Aiçi-Nagoya 2026 Para Osiyo öyinlarida 12 ta medal — 3 ta oltin, 5 ta kumuş va 4 ta bronza medalini qölga kiritdi. Ikki ğalaba rekordlar bilan qayd etildi, terma jamoa bayroqdori Marjona Pardaboyeva esa ikki karra öyinlar çempioniga aylandi. Bu haqda Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi xabar berdi.
Kunning birinçi oltin medalini Barotjon Baxtiyorov qölga kiritdi. U erkaklar örtasida yadro uloqtiriş böyiça F36 toifasidagi finalda 15,98 metr natija körsatib, Para Osiyo öyinlari rekordini örnatdi.
Ayollar örtasida nayza uloqtiriş böyiça F46 toifasida Özbekiston sportçilari birinçi va ikkinçi örinlarni egalladi. Şahinaxon Yigitaliyeva 44,99 metr natija bilan oltin medalni qölga kiritib, Osiyo rekordini örnatdi. Husnoraxon Qudratullayeva esa 41,91 metr natija bilan kumuş medalga sazovor böldi. Bronza medal Xitoy vakiliga nasib etdi.
Terma jamoaga yana bir oltin medalni paravelosport yönalişi keltirdi. T1–2 toifasida ayollar örtasidagi şosse guruh poygasida Marjona Pardaboyeva 1 soat 8 daqiqa 27 soniya natija bilan marraga birinçi bölib yetib keldi. Odina Hamdamova esa 1 soat 8 daqiqa 35 soniya natija bilan ikkinçi örinni egalladi.
Uçinçi örinni Tailand sportçisi qölga kiritdi. Marjona Pardaboyeva uçun uşbu ğalaba öyinlardagi ikkinçi çempionlik böldi. Erkaklar örtasida T1–2 toifasidagi poygada Jahongir Xalilov 1 soat 4 daqiqa 4 soniya natija körsatib, bronza medalga ega çiqdi. Pokiza Ahmadbekova ham H1–3 toifasida ayollar örtasidagi şosse guruh poygasida uçinçi örinni egalladi.
F35 toifasida ayollar örtasida yadro uloqtiriş musobaqasida Özbekiston vakillari ikkita medal qölga kiritdi. Dilafruzxon Ahmadxonova 9,05 metr natija bilan kumuş, Zuhro Fayzullayeva esa 7,57 metr natija bilan bronza medaliga sazovor böldi. Oltin medalni Xitoy vakili qölga kiritdi.
F56/57 toifasida ayollar örtasida yadro uloqtiriş bahslarida Mohigul Şarobiddinova 8,46 metr natija bilan kumuş medal oldi. F37 toifasida esa Zohira Qazakova yadroni 9,25 metrga uloqtirib, uçinçi örinni egalladi.
Yana bir kumuş medalni Sevinçbek Husanov qölga kiritdi. U erkaklar örtasida uzunlikka sakraş böyiça T12 toifasida 6,54 metr natija körsatdi.