Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning WT taekvondo böyiça terma jamoasi Qatar poytaxtida ötkazilgan xalqaro Qatar Open musobaqasida oltita medal qölga kiritdi. Özbekistonlik sportçilar hisobida ikkita oltin, bitta kumuş va uçta bronza medali bor. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi xabar berdi.
Yodgorbek Jöraboyev 87 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida, Svetlana Saidova esa 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida oltin medalni qölga kiritdi.
57 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Madina Mirabzalova kumuş medal sohibi böldi.
Najmiddin Qosimxöjayev 74 kilogrammgaça, Şabbona Abduvaliyeva 57 kilogrammgaça va Mohidil Öktamjonova 62 kilogrammgaça bölgan vazn toifalarida bronza medallariga sazovor böldi.
Musobaqa yakunlariga köra, Svetlana Saidova turnirning eng yaxşi sportçisi deb topildi. Özbekiston ayollar terma jamoasi esa eng yaxşi ayollar jamoasi nomiga sazovor böldi.
Umumjamoa hisobida Özbekiston terma jamoasi ikkinçi örinni egalladi. Birinçi örinni Tunis terma jamoasi qölga kiritdi.