Shoshilinch
7
Sport

O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi Qirg‘izistonga 2:4 hisobida yutqazdi

O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi Qirg‘izistonga 2:4 hisobida yutqazdi
O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi Qirg‘izistonga 2:4 hisobida yutqazdi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi 2026 yil 14 oktyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iz Respublikasi jamoasiga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Qirg‘iziston terma jamoasi hisobni uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Eldiar Kasmakulovning goli orqali ochdi. 22-daqiqada Atabek Kanibekov mezbonlar ustunligini ikki golga yetkazdi.

30-daqiqada Abdulboriy Iliyosov O‘zbekiston terma jamoasining ortda qolishini qisqartirdi. Biroq ko‘p o‘tmay Nurdin Mendibayev Qirg‘izistonning ikki gollik ustunligini tikladi. 35-daqiqada Daules Jakipov jamoasining to‘rtinchi golini urdi. 39-daqiqada Azizbek Jaloliddinov uchrashuvning yakuniy hisobini belgiladi — 4:2.

Uchrashuv davomida hakamlar 27-daqiqada Daniel Karibekovga, 36-daqiqada Bekzod Mirqosimovga va 39-daqiqada Daules Jakipovga ogohlantirish ko‘rsatdi.

12 oktyabr kuni Bishkek shahrida o‘tkazilgan birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida ham O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg‘iziston jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.