Sport

Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga chiqdi

Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga chiqdi
Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga chiqdi / Foto: O'zbekiston tennis federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi vakili Humoyun Sultonov Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi tennis turnirining yarim finaliga yo‘l oldi.

Chorak final uchrashuvida o‘zbekistonlik sportchi Xitoy Taypeyi vakili Szen Chun-sinni 7:6 (8:6), 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Yarim finalga chiqish Sultonovga Osiyo o‘yinlarining kamida bronza medalini qo‘lga kiritishni kafolatladi.

Endi o‘zbekistonlik tennischi turnir finaliga chiqish uchun kurash olib boradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.