Iqtisod

Özbekiston va Korea Eximbank konçilik loyihalarini muhokama qildi

Özbekiston va Korea Eximbank konçilik loyihalarini muhokama qildi
Özbekiston va Korea Eximbank konçilik loyihalarini muhokama qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Koreya Eksport-import banki (Korea Eximbank) foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.

Bu haqda Özbekiston Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi xabar berdi.

Muzokaralarda vazirning birinçi örinbosari Feruza Hamidova hamda vazirlik xodimlari iştirok etdi. Koreya tomonidan Korea Eximbank vakillari, jumladan, Ta’minot zanjirlari barqarorligi jamğarmasi departamenti direktori Ço In Gyu qatnaşdi.

Uçraşuv avvalida Ço In Gyu bank faoliyatining asosiy yönalişlari haqida ma’lumot berdi. Korea Eximbank vakillari moliya taşkilotining xorijdagi loyihalari, şu jumladan, Özbekistonda amalga oşirilayotgan taşabbuslari haqida ham sözlab berdi.

Koreya tomoni Özbekiston hududida foydali qazilmalarni qazib oliş, ularni keyinçalik qayta işlaş va Janubiy Koreya kompaniyalari iştirokida eksport qiliş böyiça loyihalarni körib çiqişni taklif qildi.

Vazirlik vakillari qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş va Koreya bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Mineral xomaşyoni qayta işlaş va işlab çiqariş zanjirlarini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.