Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyatida Qozoğiston bilan çegarada joylaşgan “Ğiştköprik” çegara bojxona posti rekonstruksiyadan söng faoliyatini boşlamoqda. Postning bir sutkadagi ötkaziş quvvati 31 ming nafardan 100 ming nafargaça, yengil avtomobillar böyiça 750 tadan 3000 tagaça, avtobuslar böyiça esa 70 tadan 400 tagaça oşdi. Post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirildi. Bu haqda Özbekiston Bojxona qömitasi xabar berdi.
Şunday qilib, post avvalgiga nisbatan uç baravardan ortiq odamni, tört baravar köp yengil avtomobilni va qariyb olti baravar köp avtobusni qabul qila oladi. Idora ma’lum qilişiça, postni yangilaşda fuqarolarga xizmat körsatiş sifati va tezligiga, şuningdek, bojxona nazoratini aniq va qulay taşkil etişga alohida e’tibor qaratilgan.
Rekonstruksiyadan keyin nimalar özgardi?
Yölovçilar va transport vositalari uçun infratuzilma töliq yangilandi. Odamlar ötişi uçun möljallangan yölaklar soni törttadan sakkiztaga, yengil avtomobillarni közdan keçiriş yölaklari esa törttadan 18 taga yetkazildi. Avvalgi 20 ta örniga endi 200 ta avtoturargoh joyi mavjud.
Yölovçilar uçun avvalgi zaldan qariyb ikki baravar katta bölgan keng va yoruğ zal barpo etildi. Endi çegaradagi barça zarur jarayonlar bir joyning özida amalga oşiriladi. Bojxona nazorati hududida “qizil” va “yaşil” yölaklar taşkil etildi. Bu yerda bir vaqtning özida işlay oladigan törtta rentgen apparati örnatildi.
“Ğiştköprik” mamlakatda Tax Free xizmati joriy etilgan yagona avtomobil ötkaziş punktiga aylandi. Zallarga bojxona nazoratidan ötiş qoidalari va qonunçilikka oid ma’lumotlar özbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan axborot kiosklari örnatildi.
Texnik jihozlaniş
Nazorat samaradorligini oşiriş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va fuqarolar uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida post zamonaviy texnikalar bilan jihozlandi. Bu yerda uçta inspeksion-körik majmuasi, önta rentgen apparati, ikkita Body Scanner tana skaneri, oltita radiatsion portal monitori, 188 ta videokuzatuv kamerasi va beşta videoserver işlamoqda.
Şuningdek, yölovçilar uçun pasport nazorati kabinalari, E-Gate tizimi, Face ID kameralari va boşqa zamonaviy uskunalar örnatildi. Yengil avtomobillar va avtobuslarning ötişini tezlaştiriş, tekşiruv jarayonlarini maqbullaştiriş uçun Smart Customs Border tizimi joriy etildi.
Idora ma’lumotlariga köra, yangi texnikalar nazorat jarayonida inson omili ta’sirini kamaytiradi, fuqarolarni ortiqça ovoragarçilikdan xalos etadi va xizmat körsatiş sifatini oşiradi.
Nima uçun post rekonstruksiya qilindi?
Post 1991 yil 1 noyabrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va qariyb 35 yildan beri Özbekiston-Qozoğiston çegarasidagi asosiy ötkaziş punktlaridan biri hisoblanadi. 2024 yilda u orqali 11,5 mln nafar kişi va 291 mingta yengil avtomobil, 2023 yilda esa 9,8 mln nafar kişi va 244 mingta avtomobil ötgan. Bir yilda yölovçilar oqimi qariyb 17 foizga, avtomobillar oqimi esa 19 foizga oşgan.
Idora ma’lumotlariga köra, odamlar va transport oqimining köpayişi, şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamda turistik aloqalarning kengayişi post infratuzilmasini töliq yangilaşni taqozo etgan. Rekonstruksiya va modernizatsiya işlari 2025 yil fevral oyida Prezidentning 2022 yil 27 apreldagi PF-122-son farmoni doirasida boşlangan.
Bojxona qömitasining Bojxona nazoratini taşkil etiş va rasmiylaştiriş boşqarmasi boş inspektori Jamşid Sobirov rekonstruksiya işlarini Prezidentning 2025 yil oxirida xalqqa yöllagan murojaatida belgilangan vazifa — beş yil içida sayyohlar sonini 11 million nafardan 20 million nafarga yetkaziş maqsadi bilan ham boğladi. Sobirovning sözlariga köra, yangi postda mamlakatning boşqa ötkaziş punktlarida mavjud bölmagan texnologiyalar qöllanilgan. Bu esa çegaradan ötiş vaqtini qisqartirişi kutilmoqda.
Avtomobillar va avtobuslar uçun skaner
Mamlakatdagi çegara bojxona postlari orasida birinçi marta bu yerda yengil avtomobillar va avtobuslar uçun skanerlar örnatildi. AQŞda işlab çiqarilgan Z-portal körik majmuasi soatiga 100 ta yengil avtomobil va 50 ta avtobusni tekşiriş imkoniyatiga ega.
Bojxona xodimi Mehroj Fayzullayev tuşuntirişiça, skaner transport vositalari içiga yaşirilgan yoki yölovçining bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan tovarlarni aniqlaşga yordam beradi. Skanerlaşdan keyin olingan tasvirlar bojxona xodimlariga yuboriladi. Ular tasvirlarni örganib, avtomobilni ötkazib yuboradi yoki uni çuqurlaştirilgan körikka yönaltiradi.
Avval postda bunday uskuna bölmagani uçun bojxona xodimlari har bir avtomobilni közdan keçirişgan. Endi transport vositalarining 95 foizi soddalaştirilgan tartibda nazoratdan ötkazilmoqda. Fayzullayevning sözlariga köra, skaner avtomobilning aynan qaysi qismida yaşirin yuk borligini körsatadi. Şu sababli inspektorlarga butun avtomobilni qismlarga ajratiş talab etilmaydi. Qonunga xilof tovarlarni, şuningdek, turli körinişdagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni aniqlaş uçun tasvirlarni turli rejimlarda tahlil qiliş mumkin.
Uning ta’kidlaşiça, zamonaviy rentgen uskunalari inson omili ta’sirini kamaytiradi, qonunga rioya qiluvçi yölovçilarning çegaradan ötişini yengillaştiradi va çegara xavfsizligini ta’minlaşga yordam beradi.
«Davlatning yuzi»
«Bojxona har qanday davlatning yuzidir. Mamlakatga kirib kelayotgan xorijliklar, birinçi navbatda, bojxona xodimlari bilan muloqot qiladi va özlari ötayotgan ötkaziş punktini köradi. Şu tariqa ularda Özbekiston haqidagi ilk tasavvur şakllanadi», — dedi Jamşid Sobirov.
Uning sözlariga köra, çegaradagi odamlar odatda şoşiladi: kimdir iş yuzasidan ketayotgan bölsa, boşqasi manziliga tezroq yetib olişga intiladi. Nazoratdan ortiqça keçikişlarsiz tez ötiş fuqarolar uçun ham, bojxona xodimlari uçun ham qulaydir.
Sobirov bunday postda xizmat qiliş bojxona xodimlari uçun şaraf va burç ekanini ta’kidlab, mamlakatda şunday şaroitlarga ega postlar soni yana-da köpayişiga umid bildirdi. Şuningdek, yaratilgan şaroitlar uçun Prezidentga minnatdorçilik bildirdi.