Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda repatriatsiya qilinişi lozim bölgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni vaqtinça saqlaş markazlarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Içki işlar vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
Markazlarni IIV Migratsiya va personallaştiriş departamenti huzurida taşkil etiş taklif qilinmoqda. Ularning birinçisini 2027 yilda Toşkent şahrida oçiş rejalaştirilgan.
2028–2030 yillarda şunday muassasalar Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Farğona viloyatlarida ham taşkil etilişi mumkin.
Markazlar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning şaxsini aniqlaş hamda ular yaşaş mamlakatiga qaytişi uçun zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş davrida vaqtinça joylaştirişga möljallangan. Şuningdek, ular markazga joylaştirilganda huquqbuzarlik yoki jinoyatlarga aloqadorligi ehtimoli ham tekşiriladi.
Loyihaga köra, markazga joylaştiriş uçun sud qarori asos bölişi mumkin. Şuningdek, hujjatlari mavjud bölmagan yoki ularning amal qiliş muddati tugagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek, ma’muriy tartibda mamlakatdan çiqarib yuboriş töğrisidagi sud qarori ijrosini ta’minlamagan şaxslar ham markazlarga yuborilişi mumkin.
Özbekistonda bölişi nomaqbul deb topilgan, biroq belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagan şaxslarni ham uşbu markazlarga joylaştiriş rejalaştirilmoqda.
Markazlarda saqlaşning eng köp muddati bir yildan oşmasligi kerak. Joylaştirilgan şaxslarga yuridik yordam oliş, tarjimon xizmatidan foydalaniş, telefon orqali qönğiroq qiliş, qarindoşlari va diplomatik muassasalar vakillari bilan uçraşiş huquqi beriladi.
Loyihada uzluksiz tungi uyqu uçun kamida sakkiz soat vaqt ajratiş hamda maxsus belgilangan hududlarda sayr qiliş imkoniyatini kafolatlaş nazarda tutilgan.
Markazlarda yaşaş xonalari, tibbiyot punktlari, oşxonalar, kir yuviş xonalari, sport maydonçalari va madaniy hordiq çiqariş uçun xonalar taşkil etilişi rejalaştirilgan. U yerda saqlanayotgan şaxslar ovqat bilan ta’minlanadi, zarurat tuğilganda esa suğurta asosida yoki pullik tibbiy yordam körsatiladi.
Nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş markazlariga yuboriş taklif etilmoqda. Kasallikka çalingan xorijiy fuqarolar tibbiyot muassasalariga, ruhiy kasalliklari bölgan şaxslar esa “Muruvvat” internat uylariga joylaştiriladi.
Markazlarni moliyalaştiriş davlat byudjeti, IIVning byudjet va byudjetdan taşqari mablağlari, homiylik yordami, xalqaro taşkilotlar grantlari hamda boşqa manbalar hisobidan amalga oşirilişi rejalaştirilgan.