Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) —
Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva parlament delegatsiyasining rasmiy taşrifi doirasida Koreya Respublikasi prezidenti Li Çje Myon bilan uçraşdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv davomida Tanzila Narbayeva Janubiy Koreya rahbariga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar alohida strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş, parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş hamda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni qonunçilik jihatidan qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qildi. Şuningdek, parlament nazoratini kuçaytiriş masalalariga ham töxtalib ötildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Xususan, umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va hududlararo aloqalarni kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.
Bundan taşqari, uçraşuv iştirokçilari ta’lim, soğliqni saqlaş, ilm-fan, kadrlar tayyorlaş hamda madaniy-gumanitar hamkorlik sohalaridagi özaro aloqalar istiqbollarini körib çiqdi.
Şuningdek, Koreya Respublikasida işlayotgan va tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolari uçun munosib şaroitlar yaratiş masalasi muhokama qilindi.