Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning U-17 yoşlar terma jamoasi jahon çempionatiga tayyorgarlik doirasida ötkazilgan nazorat uçraşuvida Ekvador terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang öynadi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvning 61-daqiqasida Ekvador terma jamoasi hisobni oçdi.
Özbekiston terma jamoasi mağlubiyatdan Habibulloh Tohirovning goli evaziga qutulib qoldi. U ikkinçi bölimga qöşib berilgan vaqtning ikkinçi daqiqasida, ya’ni 90+2-daqiqada gol urdi va hisobni tenglaştirdi — 1:1.
Uçraşuvni asosiy tarkibda Mehroj Sirojiddinov, Muhammad Hakimov, Mirjamol Anvarov, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiyev, Islom Ravşanov, Amirxon Erkinov, Muhammad Mamatov, Suxrob Sadirjonov, Axrorbek Ravşanbekov va Aslibek Aliyev boşladi.
Ikkinçi bölimda esa Muhammadiziz Roziboyev, Nurmuhammad Öktamov, Jahongir Öktamboyev, Mirkomil Murodov, Muhammadodilxon Orifxonov, Habibulloh Tohirov va Laziz Abduraimov zaxiradan maydonga tuşdi.