Özbekiston

Özbekistonning toğli hududlarida 4–5 noyabr kunlari sel va toşqinlar kutilmoqda

Özbekistonning toğli hududlarida 4–5 noyabr kunlari sel va toşqinlar kutilmoqda
Özbekistonning toğli hududlarida 4–5 noyabr kunlari sel va toşqinlar kutilmoqda / Foto: FVV.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 4–5 noyabr kunlari kutilayotgan yomğirlar sababli töqqizta viloyatning toğ oldi va toğli hududlarida sel oqimlari, suv toşqinlari va suv bosişi xavfi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Özgidromet ogohlantirdi.

Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlarida xavf yuzaga kelişi mumkin.

Surxondaryo viloyatida ogohlantiriş Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlariga taalluqli.

Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlari xavf hududiga kiritilgan.

Navoiy viloyatining Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida ham xavf ehtimoli bor.

Jizzax viloyatida ogohlantiriş Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlariga tegişli.

Toşkent viloyatining Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlarida, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlarida sel hodisalari va suv toşqinlari xavfi saqlanib qolmoqda.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari röyxatga kiritilgan. Farğona viloyatida esa ogohlantiriş Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq tumanlariga tarqaladi.

Bundan taşqari, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod va Marhamat tumanlarida, şuningdek, Xonobod şahrida xavf prognoz qilinmoqda.

Özgidromet toğ oldi va toğli hududlar aholisini, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanayotgan haydovçilarni ehtiyot çoralariga rioya qilişga çaqirdi.

Ayrim hududlarda yomğir suvlari töplanişi ham mumkin. Bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi ehtimoli bor.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.