Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Centrum Air aviakompaniyasi Rossiyaga parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda. 2026 yil dekabr oyida aviakompaniya Toşkent va Çelyabinsk örtasida, 2027 yil yanvar oyidan esa Toşkent va Tyumen örtasida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyadi.
Toşkent — Çelyabinsk yönalişi böyiça birinçi reys 2026 yil 4 dekabrga belgilangan.
Parvozlar haftasiga ikki marta — seşanba va juma kunlari amalga oşiriladi. Parvoz davomiyligi taxminan 2 soat 40 daqiqani taşkil etadi.
Reyslar jadvali:
C6957: Toşkent — Çelyabinsk, uçiş vaqti — 00:30, yetib boriş vaqti — 03:10.
C6958: Çelyabinsk — Toşkent, uçiş vaqti — 04:20, yetib boriş vaqti — 07:05.
Aviakompaniya 2027 yil 3 yanvardan Toşkentdan Tyumenga ham töğridan-töğri reyslarni amalga oşirişni boşlaydi. Parvozlar haftasiga bir marta — yakşanba kunlari rejalaştirilgan. Parvoz davomiyligi taxminan uç soatni taşkil etadi.
Reyslar jadvali:
C6447: Toşkent — Tyumen, uçiş vaqti — 13:00, yetib boriş vaqti — 16:00.
C6448: Tyumen — Toşkent, uçiş vaqti — 17:30, yetib boriş vaqti — 20:30.
Jadvalda uçiş va qöniş aeroportlarining mahalliy vaqti körsatilgan. Har ikki yönalişda Airbus A320 oilasiga mansub samolyotlardan foydalaniş rejalaştirilgan.
Toşkent — Çelyabinsk yönalişi böyiça boriş va qaytiş çiptalari narxi 4,4 mln sömdan, Toşkent — Tyumen yönalişi böyiça esa 4,8 mln sömdan boşlanadi. Çiptalar savdosi aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti va Centrum Air mobil ilovasida allaqaçon oçilgan.
Yangi yönalişlarning işga tuşirilişi Özbekiston bilan Rossiyaning Janubiy Ural va Ğarbiy Sibir mintaqalari örtasida töğridan-töğri aviaqatnov imkoniyatlarini kengaytiradi. Yangi reyslar qarindoşlari va yaqinlarini köriş uçun safar qilayotgan yölovçilar, şuningdek, xizmat safari yoki şaxsiy maqsadlarda sayohat qilayotganlar uçun talabgir bölişi mumkin.
Bundan taşqari, Çelyabinsk va Tyumendan Centrum Air marşrut tarmoği böylab keyingi safarlarini rejalaştirayotgan yölovçilar uçun Toşkent tranzit uzeli vazifasini bajarişi mumkin.
Özbekiston poytaxti orqali amalga oşiriladigan tranzit reyslar tufayli yölovçilar Maldiv orollari, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Tailand, Birlaşgan Arab Amirliklari va boşqa mamlakatlarga parvoz qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Şu tariqa, marşrut tarmoğining kengayişi Özbekistonning Rossiya mintaqalari bilan transport aloqalarini mustahkamlaş va Toşkent aviatsiya uzelining tranzit imkoniyatlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.