Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Namangan viloyatida bozor xizmatlari hajmi 49,6 trillion sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 15 foizga köp.
Hududda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş uçun respublika byudjetidan 232,7 milliard söm yönaltirildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Amalga oşirilgan loyihalar natijasida viloyatda 385 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyekti taşkil etildi, yana 295 dan ziyod amaldagi korxona öz faoliyatini kengaytirdi. Yaratilgan yangi iş örinlari soni 1 950 tadan oşdi.
Dastur doirasida hududda uçta sohilböyi hududi, gavjum köçalarning önta qismi, yölböyi hududlarining oltitasi, beşta dam oliş boği, şuningdek, yettita turistik va boşqa loyiha foydalanişga topşirildi.
Asosiy obyektlardan biri Namangan şahridagi 24/7 rejimida işlaydigan köça böldi. Obixayot mahallasi orqali ötuvçi Lutfiy, U. Nosir va Bank köçalarining 2 kilometrlik qismi zamonaviy savdo va xizmat körsatiş hududiga aylantirildi. Loyiha uçun respublika byudjetidan 4,9 milliard söm ajratildi.
Hududda umumiy uzunligi 8 kilometr bölgan piyodalar yölaklarining 20 ming kvadrat metri rekonstruksiya qilindi, 50 ta örindiq örnatildi, 3 kilometr suğoriş tizimi yotqizildi va 5 kilometr novlar örnatildi. Istirohat boğidagi köl ham zamonaviy körinişga keltirildi.
Köçani yoritiş va elektr energiyasi bilan ta’minlaş uçun 400 ta çiroq örnatildi, 3 kilometr elektr tarmoği tortildi va quvvati 400 kVA bölgan ikkita transformator punkti montaj qilindi. Bundan taşqari, çiqindilarni töplaş uçun yopiq maydonça taşkil etildi.
Natijada yangilangan hududda 30 ta yangi tadbirkorlik subyekti iş boşladi va 120 dan ortiq iş örni yaratildi.
Bu yerda savdo dökonlari, umumiy ovqatlaniş va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari faoliyat yuritmoqda, dam oliş va sayr qiliş hududlari taşkil etilgan. Köçaga bir kunda taşrif buyuruvçilar soni 2,5 ming nafardan 4,6 ming nafargaça oşdi.
2026 yil oxiriga qadar Namangan viloyatida xizmat körsatiş sohasi infratuzilmasini kengaytiriş işlarini davom ettiriş rejalaştirilgan. Rejalarga köra, sakkizta sohilböyi hududi, 19 ta gavjum köça, 12 ta yölböyi hududi, beşta dam oliş boği, şuningdek, yettita turistik obyekt va köça taşkil etiladi.
Uşbu loyihalar doirasida 450 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektini taşkil etiş va 200 dan ziyod amaldagi korxona faoliyatini kengaytiriş közda tutilgan. Rejaga muvofiq, qariyb 2 100 ta yangi iş örni yaratiladi.