Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatda paxta terimi rejasi 101 foizga bajarilganini ma’lum qildi.
Şu bilan birga, u miqdoriy körsatkiçlar öz-özidan maqsadga aylanmasligi kerakligini ta’kidladi. 2020 yilda xom paxta yetiştirişga davlat buyurtmasi bekor qilinganiga qaramay, sohada rejaviy va şartnomaviy körsatkiçlardan foydalaniş davom etmoqda.
Davlat rahbari bu haqda 21 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyatida tadbirkorlar va investorlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi. Uning nutqi «Özbekiston 24» telekanali orqali namoyiş etildi.
«Bugun ertalab paxta rejasini 101 foizga bajardik. Men heç qaçon raqamlarni öz-özidan maqsad qilib qöymayman. Raqamlar ortida ... turişi kerak», — dedi Mirziyoyev mintaqada qişloq xöjaligini rivojlantiriş haqida gapirar ekan.
Prezident Özbekistonda paxta yiğim-terimi avvallari dekabr oyining oxirigaça davom etişi mumkin bölganini eslatdi. Uning sözlariga köra, paxta terimi 1 oktyabrda boşlangan, biroq hatto 20 dekabrga kelib ham işlar har doim ham yakunlanmagan. Keçqurunlari esa ertasi kungi vazifalarni belgilaş uçun yiğilişlar ötkazilgan.
Davlat rahbari sönggi yillarda paxtaçilik sohasi özgarganini qayd etdi. Hududlarda xomaşyoni çuqur qayta işlaş korxonalari taşkil etilmoqda, tayyor mahsulotlar esa xorijiy bozorlarga yetkazib berilmoqda.
2026 yilda qança paxta terildi?
Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotlariga köra, 12 oktyabr holatiga mamlakatda 3,4 million tonna xom paxta terib olingan. Bu mavsumda paxta-töqimaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari uçun belgilangan 4,5 million tonnali şartnomaviy körsatkiçning 76 foizini taşkil etgan.
Vazirlik xabar berişiça, 22 oktyabrga kelib terib olingan hosil hajmi 4,63 million tonnaga yoki rejaning 103 foiziga yetgan.
Jami hosilning taxminan 76 foizini taşkil etuvçi 3,52 million tonna paxta qariyb 3 mingta paxta teriş maşinasi yordamida yiğib olingan. Şu bilan birga, terim kampaniyasi hali davom etgan: birinçi terim 49 ming gektardan ortiq maydonda yakunlanmagan edi.
Davlat buyurtmasi bekor qilinganidan keyin körsatkiçlar qanday belgilanadi?
2020 yil mart oyida Mirziyoyev şu yilgi hosildan boşlab xom paxta yetiştirişga davlat buyurtmasini bekor qiliş töğrisidagi qarorni imzolagan. Islohot fermer xöjaliklari va qayta işlaş korxonalari örtasida bozor munosabatlariga ötişni nazarda tutgan.
Avvalgi davlat xaridlari tizimi örniga işlab çiqaruvçilar va paxta-töqimaçilik klasterlari örtasidagi şartnomalardan foydalaniş boşlangan. Fermerlarga paxtani birja mexanizmlari orqali sotiş imkoniyati ham berilgan.
Şu bilan birga, sohada işlab çiqariş böyiça prognoz va şartnomaviy körsatkiçlar saqlanib qolgan. 2026 yil uçun xom paxta yetiştiriş möljali 4,5 million tonna etib belgilangan.
2026 yil fevral oyida Human Rights Watç va Özbekiston Inson huquqlari forumi tadqiqot e’lon qilib, davlat buyurtmasi bekor qilinganidan keyin ham fermerlar ekin turlarini tanlaş va işlab çiqariş hajmlarini belgilaşda çeklovlarga duç kelayotganini qayd etgan.
Taşkilotlar ma’lumotlariga köra, mahalliy hokimiyat organlari yerlarning prognoz qilinayotgan hosildorligini hisobga olgan holda paxta va buğdoy yetiştiriş körsatkiçlarini belgilaşda davom etmoqda. Huquqni himoya qiluvçilar belgilangan körsatkiçlarni bajarmagan fermerlarga bosim ötkazilgani, jumladan, yer uçastkalarini olib qöyiş bilan tahdid qilingani haqida ham xabar bergan.
Huquqni himoya qiluvçi taşkilotlarga yöllangan javobida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi fermerlar huquqlarining qonunçilikdagi kafolatlarini va mansabdor şaxslarning qonunga xilof harakatlari uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi normalarni ta’kidlagan.
2026 yil avgust oyida Mirziyoyev ötmişda siyosiy iroda yetişmagani sababli «hamma paxtaning quli bölganini» aytgan edi. Uning sözlariga köra, yilning katta qismi yer haydaş, çilpiş, defoliatsiya va paxta terimiga sarflangan.
Öşa paytda Sirdaryo viloyati hokimi ham maktab öquvçilari «daladan çiqmagani»ni ta’kidlagan edi.