Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qurğoqçil tropik hududlar qişloq xöjaligi böyiça xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti (ICRISAT) uruğçilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirişni rejalaştirmoqda.
Uşbu masala Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning AQŞga işçi taşrifi davomida institut vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda muhokama qilindi.
Uçraşuv ICRISAT vakili Manzur Dar boşçiligidagi mutaxassislar guruhi bilan ötkazildi. Tomonlar ilmiy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari, soha mutaxassislari örtasida muzokaralar taşkil etiş va birgalikdagi işning ustuvor yönalişlarini belgilaş masalalarini körib çiqdi.
Muzokaralar yakunida bölajak yuqori darajadagi tadbirlar doirasida ikki tomonlama hamkorlik hujjatini imzolaş böyiça kelişuvga erişildi.
Hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biri seleksiya va uruğçilik sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantiriş böladi. Iqlim özgarişi, suv resurslari taqçilligi va qişloq xöjaligi mahsulotlariga talab ortib borayotgan şaroitda noqulay muhitga çidamli, yuqori hosil beradigan navlarni yaratiş alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlik zamonaviy seleksiya usullarini joriy etiş, ilğor tajriba almaşiş va mutaxassislar malakasini oşirişga xizmat qilişi mumkin.
ICRISAT bilan hamkorlik uruğçilik sohasining ilmiy bazasini rivojlantiriş hamda Özbekiston qişloq xöjaligining iqlim özgarişlariga çidamliligini oşiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.
Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning AQŞga işçi taşrifi davom etmoqda.