Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Miahona kompaniyasi bilan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni tozalash sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning borishi ko‘rib chiqildi.
10 oktyabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov rahbarligida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Franklin Templeton va Miahona kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda loyihalarni amalga oshirishning joriy holati hamda qo‘shimcha ishlab chiqishni talab qiladigan masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ishlarni jadallashtirish va masʼul tuzilmalar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan amaliy choralar belgilandi.