Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Parijda taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turkumidagi musobaqada ikki medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Najmiddin Kosimxo‘jayev 68 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlab, kumush medal sohibi bo‘ldi.
67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Ozoda Sobirjonova yarim finalgacha yetib bordi va uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.