Sport

Aleksandra Barmicheva Istanbuldagi J200 turnirida g‘olib bo‘ldi

Aleksandra Barmicheva Istanbuldagi J200 turnirida g‘olib bo‘ldi
Aleksandra Barmicheva Istanbuldagi J200 turnirida g‘olib bo‘ldi / Foto: O'zbekiston tennis federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik tennischi Aleksandra Barmicheva Istanbul shahrida o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors musobaqasining J200 toifasidagi turniri g‘olibiga aylandi.

Musobaqa davomida Barmicheva bir qator muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Chorak finalda u turnirning birinchi raqamli saralangan tennischisi, ITF jahon o‘smirlar reytingida 83-o‘rinni egallab turgan turkiyalik Ayshe Balni mag‘lub etdi.

Uchrashuv 3:6, 6:3, 6:4 hisobida o‘zbekistonlik tennischi foydasiga yakunlandi.

Turnir boshlanishidan oldin Barmicheva ITF jahon o‘smirlar reytingida 278-o‘rinni egallab turgan edi.

J200 toifasidagi turnirdagi g‘alaba 200 reyting ochkosini beradi.

Bu O‘zbekiston vakilasiga jahon o‘smirlar reytingi navbatdagi yangilanganidan so‘ng o‘z mavqeini yaxshilash imkonini beradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.