Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi dzyudoçisi Sa’dulla Ravşanov yoşlar örtasidagi jahon çempionatida 81 kg vazn toifasida kumuş medalni qölga kiritdi. Bu haqda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi xabar berdi.
Finalga qadar bölgan yölda Ravşanov Yaponiya, Braziliya, Gruziya va Xitoy vakillari ustidan ğalaba qozondi. Yarim final bahsida esa özbekistonlik sportçi Fransiya vakilidan ustun keldi.
Hal qiluvçi bellaşuvda Ravşanov rossiyalik Yaroslav Bunakovga qarşi tatamiga çiqdi. Uşbu bahsda mağlub bölgan özbekistonlik dzyudoçi musobaqani ikkinçi örinda yakunladi. Qayd etiş joizki, Ravşanov ösmirlar örtasidagi jahon çempioni hisoblanadi.
Musobaqalar Olimpiya şaharçasida bölib ötmoqda. Ravşanovning natijasidan söng Özbekiston terma jamoasi hisobida turnirning ikkita medali — bitta oltin va bitta kumuş medal mavjud.