Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik şaxmatçi Humoyun Begmuratov Birlaşgan Arab Amirliklarining Al-Ayn şahrida ötkazilayotgan 20 yoşgaça bölgan şaxmatçilar örtasida tezkor şaxmat böyiça FIDE jahon çempionatida ğolib çiqdi.
Özbekiston terma jamoasi yana ikki kumuş medalni ham qölga kiritdi: Umida Omonova qizlar örtasida rapid yönalişida, Afruza Hamdamova esa blis musobaqasida ikkinçi örinni egalladi. Bu haqda Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) va Özbekiston şaxmat federatsiyasi xabar berdi.
Begmuratov oçiq turnirning töqqizta turini mağlubiyatsiz yakunlab, 7,5 oçko töpladi. Uning hisobida oltita ğalaba va uçta durang bor.
Kumuş medal hindistonlik Pranav V.ga, bronza esa Ozarbayjon vakili Raad Samadovga nasib etdi. Har ikki şaxmatçi 7 oçkodan jamğardi, yakuniy örinlar esa qöşimça körsatkiçlar asosida taqsimlandi.
Qizlar örtasida rapid böyiça Niderlandiya vakili Eline Rubers 9 imkoniyatdan 7 oçko töplab, jahon çempioni böldi. Umida Omonova va FIDE bayroği ostida iştirok etgan Marina Kuznetsova 6,5 oçkodan jamğardi. Biroq qöşimça körsatkiçlarga köra, kumuş medal Özbekiston vakiliga berildi, Kuznetsova esa uçinçi örinni egalladi.
Blis musobaqasi 13 turdan iborat böldi. Afruza Hamdamova 9,5 oçko töplab, qizlar örtasida ikkinçi örinni qölga kiritdi. Özbekiston şaxmat federatsiyasi uşbu medalni sportçining xalqaro maydondagi navbatdagi muvaffaqiyati sifatida baholadi. Umida Omonova 8,5 oçko bilan oltinçi örinni egalladi, Nilufarxon Imomqöziyeva esa 7 oçko töpladi.
Blis böyiça oçiq turnirda Humoyun Begmuratov va Muhammadzohid Suyarov 9 oçkodan jamğarib, mos ravişda sakkizinçi va töqqizinçi örinlarni egalladi. Muzaffarjon Abdurasulov hisobida 7 oçko, Usmonxon Tohirjonov hisobida esa 6,5 oçko bor.
Ösmirlar örtasida tezkor şaxmat va blis böyiça jahon çempionatlari 1–7 noyabr kunlari Al-Ayn şahrida ötkazilmoqda. Törtta jahon çempioni unvoni uçun 40 mamlakatdan 185 nafar şaxmatçi bahs olib bormoqda.
Turnir FIDE egidasi ostida va Zayed for Good jamğarmasi raisi, Abu-Dabi sport kengaşi homiysi şayx Nahayon bin Zoid Ol Nahayon patronatida Al Ain Çess & Mind Games Club şaxmat klubi hamda BAA şaxmat federatsiyasi tomonidan taşkil etildi.
Rapid musobaqasining töqqizinçi, yakuniy turida ramziy birinçi yurişni BAA yoşlar masalalari böyiça davlat vaziri Sulton bin Saif Al Nayadi amalga oşirdi.
U Danat Al Ain Resort mehmonxonasida ötkazilgan taqdirlaş marosimida ğoliblarga mukofotlarni ham topşirdi.
Al-Ayn şahriga 2026 yilda arab turizmi poytaxti maqomi berilgani munosabati bilan taşkilotçilar eng yaxşi arab şaxmatçilarini ham taqdirladi. Ular qatoriga misrlik Abdulrahmon Sameh Muhammad va BAA vakili Rauda Issa Alserkal kirdi.