Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi 2026 yil 18–24 oktyabr kunlari Yaponiyaning Ayti va Nagoya şaharlarida ötkazilgan V Osiyo paraöyinlarida umumjamoa hisobida uçinçi örinni egalladi. Özbekistonlik sportçilar musobaqada 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medali, jami 145 ta medalni qölga kiritdi.
Umumjamoa hisobida birinçi örinni Xitoy terma jamoasi egalladi. Öyinlarning rasmiy sayti ma’lumotlariga köra, xitoylik sportçilar 207 ta oltin, 117 ta kumuş va 111 ta bronza medaliga sazovor bölib, jami 435 ta medal qölga kiritdi.
Mezbon Yaponiya terma jamoasi esa 64 ta oltin, 60 ta kumuş va 62 ta bronza medali bilan ikkinçi örinni egalladi. Yaponiyalik sportçilarning umumiy medallari soni 186 tani taşkil etdi.
Uşbu natija Özbekiston uçun medallar soni va sifati böyiça rekord böldi. Mamlakat terma jamoasi Osiyo paraöyinlari tarixida ilk bor kuçli uçlikdan joy oldi.
Bunga qadar Özbekistonning uşbu musobaqalardagi eng yaxşi natijasi 2014 yilda Janubiy Koreyada ötkazilgan öyinlarda qayd etilgan beşinçi örin edi.