Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Koreyaning xorijiy infratuzilma va urbanizatsiyani qöllab-quvvatlaş korporatsiyasi (KIND) qöşma investitsiya kompaniyasini taşkil etiş va infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş masalalarini muhokama qildi.
Uçraşuv 21 oktyabr kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Ibrohim Ergaşev hamda Koreya delegatsiyasi iştirokida bölib ötdi.
Tomonlar aeroportlarni modernizatsiya qiliş, «aqlli şaharlar» konsepsiyasini rivojlantiriş va yöl infratuzilmasini takomillaştiriş sohalarida hamkorlik qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Şuningdek, investitsiyalarni jalb qiliş mexanizmlari, moliyaviy hamkorlikni kengaytiriş va qöşma taşabbuslar uçun ustuvor yönalişlarni tanlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida iştirokçilar investitsiya kompaniyasini taşkil etiş böyiça işlarni faollaştiriş, istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlarini örganiş va ularni amalga oşirişning amaliy mexanizmlarini muhokama qilişni davom ettirişga kelişib oldi.