Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — AQŞning Grapa Global kompaniyasi zamonaviy uzumçilikni rivojlantiriş va hududning eksport salohiyatini kengaytiriş maqsadida Farğona viloyatiga ARRA seleksiyasiga mansub uruğsiz uzumning 10 navini olib kelişni rejalaştirmoqda.
Hamkorlik rejalari «Farğona ekspo» körgazma majmuasida bölib ötgan uzumçilikni rivojlantiriş, istiqbolli navlarni joriy etiş va zamonaviy uzumzorlar barpo qilişga bağişlangan seminarda ma’lum qilindi.
Tadbirda Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Grapa Global boş direktori Rafi Karniel, qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Jamşidjon Abduzuxurov, tegişli taşkilotlar vakillari, xorijiy hamkorlar va fermerlar iştirok etdi.
Uçraşuv yakunlari böyiça Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi, “Özagrostar” xoldingi, Farğona viloyati hokimligi va Grapa Global LLC örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat uzumçilikni rivojlantiriş, köçatlar importini taşkil etiş va qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini kengaytirişni nazarda tutadi.
AQŞ kompaniyasi köçat yetkazib beriş bilan bir qatorda uzum yetiştirişning zamonaviy texnologiyalari va ilğor tajribalarini joriy etişga ham kömaklaşmoqçi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning ta’kidlaşiça, uruğsiz uzum navlari jahon bozorida talab yuqori bölgan mahsulotlar qatoriga kiradi. Ular mahsulotning qöşilgan qiymati va eksportdan tuşadigan daromadni oşiriş imkonini beradi. Uşbu navlarning ta’mi, taşqi körinişi, taşiş va saqlaş jarayonida sifatini saqlab qoliş xususiyatlari ularni xorijiy bozorlarga yetkazib beriş uçun istiqbolli qiladi.
Farğona viloyatida 400 dan ortiq fermer xöjaligi jami 4,5 ming gektar maydonda uzum yetiştiradi. Şundan qariyb 3,4 ming gektari yoki viloyatdagi barça uzumzorlarning deyarli 76 foizi Oltiariq tumanida joylaşgan.
Seminarda qişloq xöjaligini rivojlantiriş dasturlari, jumladan, “Agrostar” loyihasi hamda uzumzorlar maydonini ikki baravarga oşiriş rejalari ham muhokama qilindi.
Grapa Global rahbari Rafi Karniel hududning qulay iqlim şaroitlarini ta’kidlab, erişilgan kelişuvlarni amaliy bosqiçga tezroq ötkazişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tadbir iştirokçilari yangi navlar va texnologiyalarni joriy etiş fermerlar daromadlarini oşiriş, mahsulot sifatini yaxşilaş va Farğona viloyatining eksport salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qilişini kutmoqda.