Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda suyultirilgan gazning noqonuniy aylanmasiga çek qöyiş maqsadida 19–21 oktyabr kunlari ötkazilgan qöşma reydlar davomida 120 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi. 39 ta holatda gaz xizmati xodimlarining bevosita aloqadorligi ma’lum böldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Özenergoinspeksiya” xodimlari mamlakat hududlarida aholi uçun möljallangan gazni qonuniy taqsimlaşni ta’minlaşga qaratilgan tekşiruvlar ötkazdi.
Tadbirlar davomida aşyoviy dalil sifatida noqonuniy muomalada bölgan 3 mingdan ortiq gaz balloni hamda 13 636 kilogramm suyultirilgan gaz olib qöyildi.
Jizzax viloyatida jami 239 ta gaz ballonini sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bilan boğliq töqqizta holat aniqlandi. Jumladan, Zomin tumani gaz ta’minoti bölimining sobiq rahbari qarindoşining uyida 152 ta ballon saqlagan.
Sirdaryo viloyatida Xovos tumani gaz ta’minoti bölimi mansabdor şaxslaridan birining uyidan hujjatlari bölmagan 30 ta ballon topildi.
Samarqand viloyatida Urgut tumani gaz ta’minoti bölimi ballon töldiriş şoxobçasi qorovuli gaz töldirilgan uçta ballonni 2,5 million sömga sotayotgan vaqtida uşlandi. Bundan taşqari, Pastdarğom tumanida 1972 yilda tuğilgan fuqaroning uyidan gaz töldirilgan 22 ta ballon aniqlandi. Idora ma’lumotiga köra, u ballonlarni tuman gaz ta’minoti bölimi haydovçisidan har birini 70 ming sömdan sotib olib, 100 ming sömdan qayta sotgan.
Farğona viloyatida Qöştepa tumani gaz ta’minoti bölimining muhandisi va çilangar aholi uçun möljallangan sakkizta gaz ballonini keyinçalik sotiş maqsadida uylarida noqonuniy saqlagan.
Surxondaryo viloyatida 65 ta ballonni noqonuniy saqlaş holatlari rasmiylaştirildi. Jumladan, Bandixon tumanida yaşovçi 39 yoşli fuqaro tuman gaz ta’minoti bölimi haydovçisidan har birini 70 ming sömdan sotib olgan 32 ta ballonni qimmatroq narxda qayta sotişni rejalaştirgan.
Navoiy viloyatida Xatirçi tumani gaz ta’minoti bölimi haydovçisining uyidan 26 ta ballon olib qöyildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Namangan va boşqa viloyatlarda ham şunga öxşaş qoidabuzarliklar qayd etildi.
Energetika vazirligi aholi uçun möljallangan gaz ballonlarini noqonuniy saqlaş, ularni belgilangan tartibni buzgan holda sotiş va mansab vakolatlarini suiiste’mol qiliş qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab bölişini eslatdi.
Suyultirilgan gazning noqonuniy sotilişi haqida ma’lumotga ega fuqarolarga bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 raqamli koll-markaziga, “Hududgazta’minot” AJning 1104 raqamiga, Energetika vazirligining +998 71 231-10-64 telefoniga, @anticorenergetikauz_bot Telegram-boti yoki aniticor@minenergy.uz elektron poçta manzili orqali xabar beriş tavsiya etildi.
Vazirlik murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqilişini va xabar beruvçilarning maxfiyligi kafolatlanişini ma’lum qildi.