Shoshilinch
O‘zbekiston

Özbekistonda iş stajini hisobga oliş va pensiya ustamalarini tayinlaş tartibi soddalaştiriladi

Özbekistonda iş stajini hisobga oliş va pensiya ustamalarini tayinlaş tartibi soddalaştiriladi
Özbekistonda iş stajini hisobga oliş va pensiya ustamalarini tayinlaş tartibi soddalaştiriladi / Foto: my.gov.uz.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda mehnat stajini tasdiqlaş, pensiya ustamalarini hisoblaş va ayrim tölovlarni rasmiylaştiriş tartibi soddalaştiriladi.

Özgarişlar 19 oktyabrda qabul qilingan hukumat qarorida nazarda tutilgan bölib, ular Pensiya jamğarmasi faoliyatini yana-da ixçam tizimga ötkazişga qaratilgan.

Hujjat bilan 2022 yilda tasdiqlangan pensiyalarni tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritilmoqda. Uşbu çoralar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kengaytiriş va pensiya xizmatlaridan foydalanişni osonlaştirişga xizmat qiladi.

2005–2016 yillarda taşkilotlarda işlagan fuqarolar uçun mehnat stajini tasdiqlaş tartibi soddalaştiriladi.

Agar tegişli yozuvlar mehnat daftarçasida mavjud bölsa va iş beruvçi xodimning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga majburiy badallarni yiliga kamida bir marta ötkazib kelgan bölsa, uşbu davr arxiv ma’lumotnomasini taqdim etmasdan mehnat stajiga qöşiladi.

18 yoşga tölmagan nogironligi bölgan bolani parvarişlaş davri ham mehnat stajiga kiritiladi. Buning uçun qöşimça hujjatlar talab etilmasdan, elektron tibbiy xulosa taqdim etilişi kifoya qiladi.

Fuqaroga tegişli pensiya ustamalarining eng yuqori miqdori proaktiv tartibda, ya’ni oluvçining arizasisiz hisoblanadi.

Nogironlik guruhi qayta belgilangan yoki uning muddati uzaytirilganidan keyin pensiya tölovini davom ettiriş, I guruh nogironligi belgilanganda pensiyani qayta hisoblaş, şuningdek, oila a’zolari soni özgarganida boquvçisini yöqotganlik pensiyasi miqdorini özgartiriş ham avtomatlaştirilgan tartibda amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, 100 yoşga tölgan fuqarolarga ustamalar proaktiv tartibda tayinlanadi va tölanadi.

ID-karta amal qiliş muddati tugagani yoki hujjat muddatidan oldin almaştirilgani sababli yangilanganda ham pensiya tölovi davom ettiriladi.

Pensionerlar yaşaş joyini özgartirganda pensiya tölovlarini yangi manzilga ötkaziş uçun ariza beriş tartibi ham soddalaştiriladi. Bu xizmatdan davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalaniş mumkin böladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.