7
O‘zbekiston

Allamjonov Oq uy vakili bilan Rubioning O‘zbekistonga tashrifini muhokama qildi

Allamjonov Oq uy vakili bilan Rubioning O‘zbekistonga tashrifini muhokama qildi
Allamjonov Oq uy vakili bilan Rubioning O‘zbekistonga tashrifini muhokama qildi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov AQSH prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jerimaya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Komil Allamjonovning maʼlum qilishicha, muzokaralarda bo‘lajak qator xalqaro tadbirlarni tashkiliy jihatdan tayyorlash masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.

Jumladan, tomonlar AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqandda “C5+1” formatidagi uchrashuvni o‘tkazish, shuningdek, Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti kun tartibini muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.