Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15-oktabr kuni Boku shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston – Laos munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, transport, logistika, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish ustuvor yoʻnalishlar sifatida qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish hamda taʼlim va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.