Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibi Marko Rubioning rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.
Saida Mirziyoyeva mehmonni qadimiy shaharning turli qirralari, boy tarixi, yashab kelayotgan anʼanalari va o‘zbek hunarmandlarining mahorati bilan tanishtirishni istaganini taʼkidladi.
Ushbu sayohat Janett Rubioda O‘zbekiston va uning aholisi mehmondo‘stligi haqida iliq xotiralar qoldirishiga umid bildirdi.