Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi.
Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi eʼtirof etildi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surish, ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi ishonch va doʻstlikni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi.
Serjio Gor esa Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qoʻshgan hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Uning siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, amerikalik sarmoyadorlarni jalb etish va qoʻshma loyihalarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlari, shuningdek, Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari eʼtirof etildi.