Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov 19 oktyabr kuni Samarqandda ReElement Technologies kompaniyasi direktori Mark Lavergetta bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar muhim minerallarni chuqur qayta ishlash va O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Muzokaralarda zamonaviy texnologik yechimlardan foydalangan holda qo‘shma investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qo‘shma pilot loyihani ishlab chiqish va ishga tushirishga kelishib oldi.