7
O‘zbekiston

Akramjon Fozilov Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Akramjon Fozilov Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Akramjon Fozilov Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Akramjon Fozilov O‘zbekiston Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tegishli farmoyishni Prezident Administratsiyasi rahbari imzoladi.

Yangi tayinlov munosabati bilan Fozilov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.