O‘zbekiston

O‘zbekiston Koreyaning maxsus zonalarni rivojlantirish tajribasini o‘rgandi

O‘zbekiston Koreyaning maxsus zonalarni rivojlantirish tajribasini o‘rgandi
O‘zbekiston Koreyaning maxsus zonalarni rivojlantirish tajribasini o‘rgandi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston davlat organlari vakillari Janubiy Koreya Respublikasining maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha tajribasini o‘rgandi.

O‘quv tashrifi 20–23 sentyabr kunlari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tashabbusi bilan Koreya Respublikasining «Elektron Osiyo va bilimlar sohasidagi hamkorlik» jamg‘armasi (EAKPF) ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Tashrif doirasida ishtirokchilar xalqaro seminarda, Inchxon erkin iqtisodiy zonasi va boshqa maxsus iqtisodiy zonalarda bo‘ldi. Delegatsiya ularni rivojlantirish, ish faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha Koreya yondashuvlari bilan tanishdi.

Iqtisodiy zonalarni modernizatsiya qilish va ularning hududlarni rivojlantirishdagi roliga alohida eʼtibor qaratildi.

Koreya Respublikasi davlat organlari vakillari hamda akademik hamjamiyat ekspertlari bilan uchrashuvlar davomida tomonlar davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish va O‘zbekistonning institutsional salohiyatini rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildi.

O‘quv tashrifi O‘zbekiston davlat organlari vakillariga Janubiy Koreya Respublikasining maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish va davlat boshqaruvining ular bilan bog‘liq yo‘nalishlaridagi amaliy yondashuvlari bilan tanishish imkonini berdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.