Iqtisod

O‘zbekiston va Yaponiya JDS dasturini rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Yaponiya JDS dasturini rivojlantirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Yaponiya JDS dasturini rivojlantirishni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Yaponiya davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan JDS stipendiya dasturini yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Hamkorlik masalalari Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi U. Huseinova va JDS JICE ofisining O‘zbekistondagi mintaqaviy loyiha rahbari Tomomi Igarasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri 2027–2028 o‘quv yili uchun davlat xizmatchilarini JDS magistratura dasturlariga qabul qilishni tashkil etish bo‘ldi. Tomonlar, shuningdek, dasturdagi taʼlim yo‘nalishlarini zamonaviy ustuvor vazifalar, jumladan, ekologik barqarorlik va iqlim o‘zgarishi masalalariga moslashtirish zaruratini muhokama qildi.

Seysmik xatarlarni boshqarish va barqaror infratuzilmani rivojlantirish sohalarida Yaponiya tajribasini o‘rganishga alohida eʼtibor qaratildi. Keyinchalik o‘rganish uchun Digital Twins texnologiyalari, geografik axborot tizimlari (GIS) va intellektual transport tizimlari ham yo‘nalishlar qatorida qayd etildi.

Uchrashuv ishtirokchilari JDS dasturi bitiruvchilarining salohiyatidan davlat boshqaruvi tizimida samarali foydalanish masalasini ham ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar JDS dasturini O‘zbekistonning strategik ustuvor vazifalariga muvofiqlashtirish va ilg‘or Yaponiya tajribasini davlat boshqaruvi amaliyotiga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Boshqaruv samaradorligi agentligi davlat xizmatchilarini xorijda o‘qitishni nazarda tutuvchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor vazifasini bajaradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.