Iqtisod

“O‘zbekneftegaz” va Ximile uskunalar yetkazib berishni muhokama qildi

“O‘zbekneftegaz” va Ximile uskunalar yetkazib berishni muhokama qildi
“O‘zbekneftegaz” va Ximile uskunalar yetkazib berishni muhokama qildi / Foto: “O‘zbekneftegaz” AJ.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftegaz” AJ va Xitoyning Ximile kompaniyasi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, kompressor uskunalarini yetkazib berish hamda hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Muborak va Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari obyektlari uchun quduq usti kompressor stansiyalarini yetkazib berish loyihasi bo‘ldi.

Joriy yil aprel oyida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Ximile 12 ta quduq usti kompressor stansiyasi uchun 35 ta porshenli kompressor agregati to‘plamini yetkazib berishi kerak.

Hozirga qadar 23 ta kompressor ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning 17 tasi sinovdan o‘tkazildi. Yana 14 ta agregat buyurtmachiga jo‘natilgan. Birinchi kompressor “Zevarda” koni qurilish maydoniga yetkazilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar qolgan uskunalarni belgilangan muddatlarga muvofiq ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonini tezlashtirish zarurligini taʼkidladi. Kompressor stansiyalarini o‘z vaqtida ishga tushirish tabiiy gaz qazib olish hajmlarini barqaror saqlashda muhim omil sifatida ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Ximile kompaniyasining O‘zbekistonda vakolatxona va servis markazi ochish rejalari ham alohida muhokama qilindi. Bu uskunalarga doimiy texnik xizmat ko‘rsatishni taʼminlash, ehtiyot qismlarni yetkazib berishni tezlashtirish va ikki kompaniya mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish imkonini berishi kutilmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.