7
Iqtisod

Toşkentda issiqlik energiyasi işlab çiqariş rejali tartibda amalga oşirilmoqda

Toşkentda issiqlik energiyasi işlab çiqariş rejali tartibda amalga oşirilmoqda
Toşkentda issiqlik energiyasi işlab çiqariş rejali tartibda amalga oşirilmoqda / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrida issiqlik energiyasini işlab çiqariş va uni iste’molçilarga yetkazib beriş tasdiqlangan rejalarga muvofiq amalga oşirilmoqda. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Issiqlik energiyasi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibiga kiruvçi Toşkent issiqlik markazi va Toşkent issiqlik elektr markazi, şuningdek, poytaxtning törtta tumanida joylaşgan yirik va kiçik kogeneratsiya markazlari tomonidan işlab çiqarilmoqda.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, Toşkent issiqlik markazi şaharning markazlaşgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulangan iste’molçilar ehtiyojining 70 foizdan ortiğini ta’minlaydi. Toşkent issiqlik elektr markazining uluşi esa 16 foizni taşkil etadi.

Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida joriy yilda Toşkent issiqlik markazining töqqizta issiqlik markazida oltita qozon agregati kapital ta’mirdan çiqarildi, yana 54 tasida joriy ta’mirlaş işlari bajarildi.

Toşkent issiqlik elektr markazida esa törtta qozon agregati, uçta gaz-porşenli agregat va bitta turboagregat ta’mirlandi. Qayd etilgan barça obyektlar kuz-qiş mavsumiga tayyor holatga keltirilgan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.