Iqtisod

Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Gruziyada öz vakilini tayinladi

Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Gruziyada öz vakilini tayinladi
Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Gruziyada öz vakilini tayinladi / Foto: Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Maka Nasvlişvilini Gruziyadagi vakili etib tayinladi. Tegişli sertifikat unga 27 oktyabr kuni bölib ötgan uçraşuvda Palata raisi Davron Vahabov tomonidan topşirildi.

Maka Nasvlişvili xalqaro loyihalarni boşqariş va investitsiyalarni jalb qiliş sohasida 14 yildan ortiq tajribaga ega. U Business Şop LLC kompaniyasi asosçisi va direktori, şuningdek, Gruziyadagi EurAsia Gulf xalqaro biznes platformasi rahbari hisoblanadi.

Mazkur tayinlov Özbekiston va Gruziya örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş, tadbirkorlar hamkorligini rivojlantiriş va özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning xorijiy bozorlarga çiqişiga kömaklaşişga qaratilgan.

Uçraşuv davomida tomonlar ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida doimiy hamkorlik mexanizmini yaratiş, işbilarmonlar kengaşi faoliyatini yölga qöyiş, özaro biznes-missiyalar va qöşma tadbirlarni taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.

Özbekistonda ötkaziladigan xalqaro körgazmalar va biznes-forumlarda Gruziya kompaniyalarining iştirokini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, savdo, töqimaçilik sanoati, zargarlik va işlab çiqariş sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv iştirokçilari Gruziyaning geografik joylaşuvi va boşqa mamlakatlar bilan savdo aloqalaridan foydalangan holda özbek mahsulotlarini yangi bozorlarda ilgari suriş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar yangi işbilarmonlik aloqalarini örnatiş va qöşma loyihalarni rivojlantiriş böyiça işlarni davom ettirişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.