Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Belarus sanoat uskunalarini yetkazib beriş, işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş hamda raqamli yeçimlarni joriy etişni öz içiga olgan texnologik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda “Özbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar “Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisining örinbosari Farid Möminovning Belarusning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uçraşuvi doirasida bölib ötdi.
Uçraşuvda Özbekiston tomoni zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, işlab çiqariş jarayonlari samaradorligini oşiriş va istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş muhimligini ta’kidladi.
Şu munosabat bilan “Özbekneftgaz” Belarus korxonalarining texnologik uskunalar yetkazib beriş va kompaniyaning işlab çiqariş ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnik yeçimlarni joriy etiş böyiça takliflarini körib çiqişga qiziqiş bildirdi.
Tomonlar işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş, texnologik jarayonlarni takomillaştiriş va korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralar iştirokçilari işlab çiqariş obyektlarini raqamlaştiriş, jumladan, texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş, monitoring tizimlarini joriy etiş va işlab çiqarişni boşqariş samaradorligini oşiriş istiqbollarini ham körib çiqdi.
Bundan taşqari, tomonlar sanoat uskunalari va ixtisoslaştirilgan texnikalar işlab çiqaruvçi Belarus korxonalari bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi.
Belarus mahsulotlarini “Özbekneftgaz” obyektlarida qöllaş imkoniyatlarini baholaş maqsadida texnik hujjatlar, mahsulot kataloglari va tijorat takliflarini özaro almaşişni taşkil etiş taklif qilindi.