Shoshilinch
Iqtisod

Özbekiston va Roçe innovatsion dorilar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini örganadi

Özbekiston va Roçe innovatsion dorilar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini örganadi
Özbekiston va Roçe innovatsion dorilar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini örganadi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi hamda Şveysariyaning F. Hoffmann-La Roçe Ltd (Roçe) kompaniyasi özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.

Hujjat mamlakatda dori vositalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini örganişni nazarda tutadi.

Buning uçun tomonlar qöşma işçi guruh tuzadi. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Memorandum Özbekiston farmatsevtika infratuzilmasini rivojlantiriş, innovatsion preparatlarni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlarini baholaş va xalqaro tajribani joriy etişga qaratilgan. Amaliy qarorlar qabul qilinişidan oldin tomonlar texnik, regulyator va iqtisodiy omillarni kompleks ravişda örganib çiqadi.

Işçi guruh tarkibiga agentlik va Roçe rahbariyati vakillari kiradi. Guruh tadqiqot yönalişlarini muvofiqlaştiradi va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş maqsadga muvofiqligi töğrisida qöşma hisobot tayyorlaydi.

Tomonlar onkologik, gematologik, oftalmologik va kam uçraydigan kasalliklarni davolaş uçun möljallangan preparatlarni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini tahlil qiladi.

Bundan taşqari, mahalliy işlab çiqariş maydonlarining GMP xalqaro talablariga muvofiqligi va ularning texnologik salohiyati baholanadi.

Bosqiçma-bosqiç tahlil davomida dori vositalarini ikkilamçi qadoqlaş, seriyalar sifatini nazorat qiliş, ayrim preparatlarni birlamçi qadoqlaş va texnologiyalar transferi imkoniyatlari ham körib çiqiladi.

Agentlik bahosiga köra, uşbu taşabbus Özbekiston farmatsevtika sanoatining texnologik salohiyatini oşiriş, innovatsion preparatlarni mahalliylaştiriş istiqbollarini aniqlaş va xalqaro sifat standartlarini joriy etişga yordam beradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.