Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston delegatsiyasi 20–22 oktyabr kunlari Xitoyning Qaşğar şahrida ötkazilgan xalqaro biznes-forumda iştirok etdi.
Forum «Xitoyning (Sinszyan) erkin savdo pilot hududi: Qaşğar uçastkasi — sanoat parklari taqdimoti va investitsiyalarni jalb qiliş» mavzusiga bağişlandi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Delegatsiya tarkibidan Savdo-sanoat palatasi Toşkent şahar boşqarmasi boşliğining örinbosari O. Eşmurodov, Özbekiston–Xitoy savdosini rivojlantiriş assotsiatsiyasi raisi A. Olimxonov hamda bir guruh tadbirkorlar örin oldi.
Forumda mezbon tomon vakillaridan taşqari Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Pokiston, Qirğiziston va Tojikistondan rasmiy vakillar hamda işbilarmonlar iştirok etdi.
Tadbir doirasida özbek seksiyasi ham faoliyat yuritdi. 21 oktyabr kuni “Gonkong” zalida Özbekistondan kelgan 11 nafar mehmon va mutaxassis iştirokida sanoat sohasiga bağişlangan maxsus taqdimot ötkazildi.
Delegatsiya a’zolari Qaşğar şahridagi sanoat hududlari, elektron tijorat markazlari va logistika markazlariga ham taşrif buyurdi.
Forum yakunida tadbirkorlar uçun B2B formatida savdo-iqtisodiy muzokaralar taşkil etildi. Unda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.