Iqtisod

Ukraina va Özbekiston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Ukraina va Özbekiston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Ukraina va Özbekiston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Özbekistondagi Ukraina elçixonasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Ukraina Soğliqni saqlaş vazirligi va Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi 2026 yil 21 oktyabr kuni Toşkentda özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.

Hujjat dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi tartibga soliş masalalari böyiça hamkorlikni nazarda tutadi. U Ukraina delegatsiyasining 19–21 oktyabr kunlari Özbekistonga amalga oşirgan işçi taşrifi doirasida imzolandi. Bu haqda Özbekistondagi Ukraina elçixonasi xabar berdi.

Memorandum tartibga solişga oid axborot, ekspertlar bilimlari va eng yaxşi amaliyotlar bilan almaşişni közda tutadi. Hujjatdan közlangan maqsad — ikki mamlakat tegişli idoralarining institutsional salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, har ikki davlat bozoriga yetkazib beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlaş.

Memorandum imzolangan kundan e’tiboran kuçga kirdi va avtomatik ravişda uzaytiriş imkoniyati bilan uç yil davomida amal qiladi.

Ukraina delegatsiyasiga mamlakat soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Yevgeniy Gonçar boşçilik qildi. Delegatsiya tarkibiga Iqtisodiyot va atrof-muhit vaziri örinbosari Vitaliy Petruk, Ukraina Iş beruvçilar federatsiyasi raisi Ruslan Iliçev hamda Ukraina farmatsevtika kompaniyalari vakillari kirdi.

Yevgeniy Gonçar Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari, Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi rahbariyati, şuningdek, Yaxşi amaliyotlar markazi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi rahbarlari bilan muzokaralar ötkazdi.

Asosiy e’tibor Ukraina tibbiyot kompaniyalarining Özbekiston bozoridagi iştirokini saqlab qoliş va kengaytirişga qaratildi.

Xabarda ta’kidlanişiça, muzokaralarda Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşi şaroitida faoliyat yuritiş, şuningdek, Özbekiston Prezidentining 2025 yil 19 avgustdagi PF-137-son farmoni bilan joriy etilgan yangilangan talablar masalalari körib çiqildi.

Vitaliy Petruk Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Akram Aliyev bilan ham uçraşdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollaştiriş, şuningdek, Ukraina va Özbekiston örtasidagi har tomonlama hamkorlik böyiça qöşma komissiyaning muntazam faoliyatini qayta yölga qöyiş masalalarini muhokama qildi.

Delegatsiya, şuningdek, Taşkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini hamda Özbekistonda işlab çiqarişni mahalliylaştirayotgan Ukrainaning “Lekxim” AJ işlab çiqariş maydonini ziyorat qildi.

Şu bilan birga, Ukraina Vinnitsa viloyati tadbirkorlaridan iborat biznes-delegatsiya ham Özbekistonga taşrif buyurdi. Ular özbekistonlik işbilarmon doiralar vakillari bilan davra suhbatida uçraşdi.

Unda Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda boşqa davlat idoralari vakillari iştirok etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.