7
Iqtisod

O‘zbekiston va Xitoyning Shansi provinsiyasi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytiradi

O‘zbekiston va Xitoyning Shansi provinsiyasi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytiradi
O‘zbekiston va Xitoyning Shansi provinsiyasi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytiradi / Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 19 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Xitoyning Shansi provinsiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha ikki tomon kompaniyalari logistika, qurilish, energetika va texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida bir qator kelishuvlarni imzoladilar.

Konferensiyada O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Sherzod Ibragimov hamda Shansi provinsiyasi Xalqaro savdoga ko‘maklashish qo‘mitasining partiya guruhi kotibi Szyao Yuyfen boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Ishtirokchilar o‘zaro savdo hajmini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida transport va logistika, anʼanaviy va qayta tiklanuvchi energetika, energetika uskunalarini ishlab chiqarish, infratuzilma qurilishi, shuningdek, oziq-ovqat va kimyo sanoati belgilandi.

Shansi provinsiyasi vakillari hudud kompaniyalarining imkoniyatlarini taqdim etib, O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Konferensiyaning yakuniy bosqichida B2B formatida ikki tomonlama ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Shansi tadbirkorlari istiqbolli loyihalarni hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.