Iqtisod

“O‘zkimyosanoat” Xitoyning SINOPEC kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi

“O‘zkimyosanoat” Xitoyning SINOPEC kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
“O‘zkimyosanoat” Xitoyning SINOPEC kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi / Foto: “O‘zkimyosanoat” AJ..

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati muhandislik-texnik xizmatlarga ixtisoslashgan Xitoyning SINOPEC Nanjing Engineering Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston kimyo sanoatida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Asosiy eʼtibor zamonaviy muhandislik va texnologik yechimlarni joriy etish, sanoat korxonalari samaradorligini oshirish hamda ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llashga qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki kompaniya mutaxassislari o‘rtasida kasbiy bilim va tajriba almashish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.

Muzokaralar davomida tomonlar kimyo sanoatidagi islohotlar, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ishbilarmonlik aloqalarini davom ettirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganish va O‘zbekiston kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.