Texnologiyalar

O‘zbekiston FIRST Global Challenge 2026 musobaqasi chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston FIRST Global Challenge 2026 musobaqasi chempioni bo‘ldi
O‘zbekiston FIRST Global Challenge 2026 musobaqasi chempioni bo‘ldi / Foto: Videodan kadr.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi robototexnika bo‘yicha xalqaro FIRST Global Challenge 2026 musobaqasining mutlaq chempioniga aylandi. Mamlakat vakillari uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, 185 ta davlat jamoasi orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Chempionat 7–10 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo‘lib o‘tdi.

StartupBase maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 16 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ochko to‘pladi va musobaqa rekordini o‘rnatdi.

Ushbu natija O‘zbekiston yoshlarining robototexnika, muhandislik va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.