Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi 2026 yil 12 oktyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Samandar Abduvoitov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi va Qirg‘iziston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
18-daqiqada Begzod Mirqosimov hisobni tenglashtirdi. Biroq 38-daqiqada Nurdin Mendibayev g‘alaba golini urib, maydon egalariga g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, uchrashuv Qirg‘iziston yoshlar futzal terma jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv davomida 25-daqiqada Nizomiddin Ziyohiddinov va Aybek Qirg‘izov, 26-daqiqada Marlen Zamirbekov, 40-daqiqada esa Babur Beyshenov sariq kartochka bilan ogohlantirildi.