Sport

Barnoxon Sayfullayeva Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Barnoxon Sayfullayeva Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Barnoxon Sayfullayeva Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi / Foto: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik Barnoxon Sayfullayeva Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida balandlikka sakrash bo‘yicha bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sayfullayeva 1,90 metr natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining medallar jamg‘armasi navbatdagi oltin medal bilan to‘ldirildi.

Maqola eʼlon qilingan vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi 14 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lib, jami medallar soni 44 tani tashkil etmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.