Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida ilk medalini qo‘lga kiritdi. Karate bo‘yicha 55 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Humoyunmirzo Halimov musobaqaning kumush medali sohibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Halimov final bahsida Qozog‘iston vakili Jolaman Bigabilga mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari 19 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar davom etadi.